Eng yirik aloqa operatori “Beeline” sentyabr oyida boshlangan aksiya 2014 yilning so‘ngiga qadar davom etishini xabar bermoqda. Uning shartlariga ko‘ra, 3G smartfon va planshet harid qilgan va moslama sotilgan savdo nuqtasida to‘ldirilgan muhrli kafolat taloniga ega har bir haridor 6 oy davomida internet bonuslarni qo‘lga kirita oladi.

Ushbu aksiya doirasida istalgan ishlab chiqaruvchilarning 3G-devayslarining haridorlariga yarim yil mobaynida 100 Mb internet taqdim etiladi. “Samsung” kompaniyasining 3G-moslamasini harid qilganlarga esa birinchi oy 300 Mb, qolgan 5 oy davomida esa 150 Mb internet taqdim etiladi.
“Mamlakatimizning innovatsion rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Navbatdagi aksiyamizda ichki bozorimizda aksiya boshlangan vaqtdan boshlab planshet yoki smartfon harid qilgan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi aholi ishtirok eta oladi”, - voqeani sharhlaydi “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov.
Moslamani harid qilayotganda sotuvchi to‘ldirilgan muhrli kafolat cheki va harid uchun chekni taqdim qilishi darkor. Aynan shu xujjatlar Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Termiz, Urganch va Farg‘ona shaharlarining yirik savdo markazlarida joylashgan promo-nuqtalarda maxsus kafolatli “Beeline”-kuponini qo‘lga kiritishga yordam beradi.
2015 yilning 15 yanvariga qadar “Beeline”-kuponlari orqali kompaniyaning rasmiy ofislarida mavjud yoki yangi raqamga internet-bonuslarni qo‘lga kiritishlari mumkin.
Tafsilotlar, shuningdek savdo nuqtalari va ofislarning manzillari www.beeline.uz saytida.