Braziliyada sobiq prezident Luis Inasiu da Silva qo‘lga olindi: politsiya uning uyida Petrobras neft kompaniyasi ishi doirasida tintuv o‘tkazgan. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Petrobras’dagi korrupsiya holatlari bilan bog‘liq mojaro 2014-yil yakunida avj oldi. Kompaniyaning hibsga olingan sobiq xodimlari yirik loyihalar uchun javob bergan menejerlar tomonidan pudrat ishlari bahosi oshirib ko‘rsatilgani, ularning hamyonida shartnoma summasining taxminan 3 foizi qolgani haqida guvohlik bergan. Politsiya ushbu mablag‘ning bir qismi da Silva partiyasining targ‘ibot kampaniyalari va boshqa xarajatlariga ishlatilganini gumon qilmoqda.
Mazkur ish bo‘yicha Petrobras buyurtmasini bajargan qurilish kompaniyalari menejerlari va neft kompaniyasi xodimlari turli muddatlarga hukm qilindi. 4-mart, juma kuni politsiya jami 33 ta tintuv o‘tkazgan hamda da Silvaning ona shahri — San-Bernardu-du-Kampuda 11 kishini qo‘lga olgan. Sobiq prezident esa politsiyaga so‘roq uchun olib ketilgan.