Braziliyaning Teysheyra shahridagi bar mehmonlari mast holda qo‘liga pichoq olgan jahldor maymunga duch kelishdi, deb xabar beradi Meduza sayti.
Chiko laqabli maymun idishlarning tubida qolgan alkogolni ichib, mast bo‘lib qoldi. So‘ng u qo‘liga pichoq olib, odamlarga tahdid qila boshladi. O‘t o‘chirish brigadasi xodimlaridan birining hikoya qilishicha, maymun faqat erkaklarga hujum qilgan, ayollarga esa tegmagan.
Ayollardan birining yelkasiga o‘tirib, tinchlangan Chikoni o‘t o‘chiruvchilar tutib olib, tabiiy qo‘riqxonaga qo‘yib yuborishdi. Lekin ikki kundan so‘ng uni yana tutishga to‘g‘ri keldi – bu safar maymun qo‘riqxona yaqinida yashayotgan bolalarga tahdid sola boshladi. Shundan so‘ng u Braziliya atrof-muhit va yangilanadigan tabiiy resurslar institutiga yuborildi.
Internetda Chikoning restorandagi sarguzashtlari aks etgan videolavha paydo bo‘ldi.
2016-yil boshida Braziliyada shunga o‘xshash yana ikki hodisa kuzatilgandi, ammo ularda pichoq ushlab, odamlarga maymunlar emas, qisqichbaqalar tahdid qilgandi.
Manba