Do’konga kirish qismida quyidagi e’lonlar mavjud:
1. Siz bu yerga FAQAT BIR MARTA kira olasiz.
2. Do’konimiz 6 qavatdan iborat. Qavatlar oshishi bilan, erkaklarning sifati ham oshib boradi.
3. Siz xohlagan qavatdan istalgan erkakni tanlash yoki tepadagi qavatga ko’tarilish imkoniga egasiz.
4. Pastki qavatga qayta tushish man etiladi.
Bir ayol o’ziga umr yo’ldoshi topish maqsadida ushbu do’konga tashrif buyurdi.
Birinchi qavatdagi "ish-hunari bor erkaklar” degan yozuvni ko’rgach, ikkinchi qavatga ko’tarildi.
Ikkinchi qavatda quyidagi e’lon mavjud edi: "Ishli-hunarli va bolalarni yaxshi ko’radigan erkaklar”
Ayol uchinchi qavatga ko’tarildi. Uchinchi qavatda "Ishli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan va juda go’zal erkaklar” deb yozilgan edi. "Eh-ha!” – dedi ayol va to’rtinchi qavatga ham ko’tarildi.
To’rtinchi qavatda "Ishli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal va uy ishlariga qarashadigan erkaklar” deya yozilgan edi. – Juda soz! – deb o’yladi ayol, - lekin baribir keyingi qavatni ham ko’rish kerak.
Ayol beshinchi qavatda "Ishli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal, uy ishlariga qarashadigan va juda romantik erkaklar” degan yozuvni uchratdi.
Ayol yana bir qavat yuqoriga chiqib, o’zi uchun judayam munosib bo’lgan erni tanlashni xohlardi. U sabrsizlik bilan so’nggi qavatga ko’tarildi.
Oltinchi qavatda esa shunday yozuv bor edi:
"Siz bu qavatga ko’tarilgan 31 456 012 chi ayolsiz. Bu yerda siz o’ylagan erkaklar mavjud emas. Bu qavat ayollarni yana bir bor hayot haqida o’ylashga, hayotda esa o’ta mukammal shaxsni topish mushkul ekanligiga, har qanday turmushda esa ixtiloflar bo’lishiga ishontirish uchundir. Bizning do’konimizga tashrifingiz uchun tashakkur!”