Chumoli o'lganidan 2 kundan keyin, uning jasadi olein kislota hidini chiqara boshlaydi. Bungacha qolgan chumolilar murdani pisand ham qilmaydilar, lekin hid chiqarishni boshlagandan keyin, uni darxol ko'tarib "qabristonga” chumoli uyasidan ancha uzoq masofaga olib borishadi. Ko'rinib turibdiki, chumolilar shuni biladilarki, murda har xil zararlarni tarqatadi va o'zlarining inini yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi mikroblardan himoya qilishadi. Chumolilar faqat hidni sezishadi: bir kun biologlar eksperiment uchun tirik chumoli ustiga olein kislotasini tomizib qo'ydilar va uni o'zining chumoli inidagi aka – ukalari kuch bilan uning hatti harakatlariga qaramay chumoli inidan tashqariga sudrab ketishdi.
Manba:Holva.uz