Sofiya ismi ota-onalar yangi tug‘ilgan qizlariga qo‘yadigan eng ommabop ism ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Vokrug sveta” olimlarning 49 ta davlat bo‘yicha statistikalarni o‘rganib, kelgan xulosalariga tayanib.
Ushbu ism to‘qqizta davlatda birinchi, 20 dan ortiq mamlakatda ikkinchi yoki uchinchi o‘rinlarni egalladi hamda ko‘rib chiqilayotgan davlatlarning uchdan ikki qismida yuqori 25 talikka kirdi.
Shu tariqa Sofiya bunday reytinglarda an’anaviy ravishda yetakchilik qilgan Mariya ismini siqib chiqardi. Tadqiqot mualliflari ismning ommabopligiga uning dunyo bo‘ylab urfga kirganini sabab qilib keltirdi. “20—30 yil avval, hozirgi ota-onalar tug‘ilgan paytda bu ism keng tarqalmagan bo‘lgan. Ular Sofiyalar orasida o‘smagan va bu ism ularning me’dasiga tegmagan”, — deyiladi xabarda.