Ijtimoiy tarmoqdagi “Jamoatchilik nazorati” guruhida Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi vakillari Ebola virusiga qarshi dori sotib olishni taklif etayotgani haqida xabar tarqaldi.
Bu haqda uz24.uz sayti xabar beradi. Guruh ishtirokchilaridan birining ma'lum qilishicha, uning uyiga o'zini Sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimi deb tanishtirgan bir ayol kelib, ushbu virusga qarshi dorini taklif qilgan. Dori, shuningdek, kalamush va suvaraklarga qarshi kurashishda ham yordam berishini qo'shimcha qilgan. Dori bahosini esa 20 ming so'm deb aytgan. Xonadon egasi dorini olishni inkor qilgach, xodima o'zining telefon raqami, ismini yozib qoldirgan.
Xabarga boshqa foydalanuvchilar global muammo ortidan o'z manfaati yo'lida foydalanayotgan odamlardan ajablanmasdan qolmagan.
Eslatib o'tamiz, shu yilning oktyabr oyida O'zbekistondagi mobil aloqa foydalanuvchilariga go'yo banan mevasi orqali virus tarqalishi mumkinligi va uni iste'mol qilmaslik haqidagi spam-xabarlar kelgan edi.