Qidiruv sistemalarida o'zingizga kerak narsani topishda qiyinchiliklarga duch kelasizmi? Bugun Gooper.uz'da bu borada sizga ko'mak beruvchi foydali ma'lumotlarni taqdim etamiz.
1. Qanday qilib ibora yoki so’z tarkibini operator yordamida « » aniqlash mumkkin. Ibora yoki so’zni qavslar ichiga yozing va «Yandeks» veb sahifalarni ichidan xuddi shunday iborani topib beradi.
Misol uchun:
[«men sizga yozyapman »]
2. Qanday qilib gapda tushib qolgan so’zni izlasa bo’ladi? Hamma gapni qavs ichiga oling, qolib ketgan so’zni o’rniga yulduzchani * qo’ying. Shunda gapda qolib ketgan so’z topiladi.
Masalan:
[«tun ko’cha * dorixona »]
3. Bir necha so’z orasidan xohlaganini tanlash
Vertikal slesh orqali to’g’ri keladigan variantlarni sanab o’ting: | «Yandeks» o’zi shu so’zlardan kerakli hujjatni qidiradi.
Masalan:
[ananaslar |bulduriq | shampan vinosi]
4. Bir gap ichidan so’zni topish
«ampersand» — & nomli chiroyli ismli operatordan foydalaning. Agar so’zni ampersand bilan bog’lasa «Yandeks» bir gapda turgan so’zni topadi.
Masalan:
[Pushkin haykali & Pskov]
5. Hujjat ichidan muayyan so’zni toppish
Probel bilan so’zni uzmagan holda kerakli so’z oldidan + ni qo’ying. Bu so’rovnomaga bir necha kerakli so’zlarni qo’yish mumkin.
Masalan:
[Sholoxov haykali + hiyobon]
6. Qidiruvdan so’zni o’chirish
Sizga kerak bo’lmagan so’z oldiga – ni qo’ying. Shunday qilib bir nechta so’zni o’chirish mumkin.:
Masalan:
[sxema spitsali to’qilgan – sotib olish]
7. Muayyan saytda qidirish
Buning uchun site operatori to’g’ri keladi. Bu to’g’ridan–to’g’ri so’rovnomani qanday va qayerdan qidirishga yordam beradi. Saytdan keyin albatta :ni qo’yish shart.
Masalan:
[O'zResi konstitutsiyasi site:lex(nuqta)uz]
8. Muayyan turdagi hujjatlarni qidirish
Sizga "mime" operatori kerak. So’rovnomada "mime" qo’ying, : keyin hujjat turini ko’rsating. Masalan, pdf yoki doc.
Masalan:
[chet el pasportiga ariza mime:pdf]
9. lang operatori yordamida muayyan tildagi saytni qidirish
Lang'dan keyin : ni qo’yib qanday tildagi hujjat kerakligi ko’rsatiladi.
O'zbek tili uchun - uz, Rus tili uchun - ru, Ukrain tili uchun –uk. Belorus tili uchun be, ingliz tili uchun – en, fransuz tili uchun –fr.
Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus