Dunyoda eng tiniq va toza suv qayerda, bilasizmi?
Bu Yangi Zelandiyadagi Moviy ko’l – “Rotomairewhenua” ko’lining suvi hisoblanadi.
Chuqurligi 76 metrli ko’l Janubiy orolda, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan bo’lib, atrofidagi go’zal tabiat manzarasi bilan birgalikda betakror uyg’unlik hosil qilgan.
Suvi shunchalik tozaki, distillangan suvga tenglashtirish mumkin. 76 metrli tubigacha aniq ko’rinib turadi.
Ko’l davlat tomonidan muhozafa qilinadigan hududda joylashgan bo’lib, yetib borish amri mahol. Ko’l sho’ng’ish esa butkul taqiqlangan. Siz quyida ko’rib turgan rasmlar fotograf Klaus Taiman tomonidan olingan.
U ko’lga sho’ng’ish uchun mahalliy Maori qabilasi Ngati Apa va Yangi Zelandiya tabiatni muhofaza qilish departamentining maxsus ruxsatini olgan. Moviy ko’l Ngati Apa qabilasi uchun muqaddas hisoblanadi.
Ko’lning manbasi ancha yuqorida joylashgan muzliklar hisoblanadi. Atrofdagi quyuq daraxtzor tufayli yangi quyilgan suv ko’lni loyqalatib yubormaydi. Quyidagi teshik orqali suv doim ko’ldan tashqariga sizib turadi. Ko’l suvi 24 soat ichida to’liq yangilanadi.
Ba’zan qattiq yomg’ir ko’lga muz bo’laklarini oqizib keladi va suvini biroz xiralashtiradi. Lekin 2-3 kun ichida yana avvalgi holiga qaytadi.
Achinarlisi, iqlim o’zgarishlari tufayli ko’lning manbai hisoblangan muzliklari tobora kichrayib bormoqda. Tabiatning bu go’zal manzarasi yo’q bo’lib ketish xavfi yoqasida turibdi.
Manba:Turfaolam.uz