Goji Smart Lock – tashrif buyurganlarni video fotosuratga oladigan «aqlli» qulf
Goji kompaniyasi an’anaviydan keskin farq qiladigan yangi funksional — Smart Lock eshik qulfini ishlab chiqardi. Smart Lock — dastlabki elektron qulf bo‘lib, smartfonga nafaqat kimdir kelgani haqida xabar beradi, balki tashrif buyurganlarni video-fotosuratga oladi.Kamerali qulf bir vaqtda fotosurat va videoga suratga oladi. Kimdir qulfga yaqinlashganda elektron pochtaga xabar yuborilishi ham mumkin. Qulf kalitsiz smartfon uchun ilova yordamida ochiladi.
Goji Smart Lock barcha faolliklar haqidagi ma’lumotlarni saqlab qoladi va ilova yordamida istalgan vaqtda loglardan foydalanish mumkin. Misol uchun, smartfonlari bo‘lmagan oila a’zolari uchun an’anaviy kalitlar ham mavjud. Kalit uy Wi-Fi-tarmog‘iga ulanadi. Qandaydir nosozliklar yuzaga kelganda kunu tun qo‘llab-quvvatlash uyga kirishga imkon beradi. Bundan tashqari, ma’lum vaqt davomida ishlaydigan bir martalik elektron kalitlarni ham yaratish mumkin.
iKettle — «Aqlli» Choynak
Hayotimizda kun sayin barcha buyumlar «aqlliroq» bo‘ib, ilgari hatto tasavvur ham etib bo‘lmaydigan darajada yangi funksiyalar kiritilib, boyib bormoqda. Masalan, hozirgi davrda ham ko‘pchilik oddiy choynakdagi suvni olovda qaynatadi, «qaynab chiqqanligini» esa xushtak ovoziga qarab bilib oladilar, bunday eski usulda ishlaydigan choynak yaqinda «zamonadan ortda qolgan» buyum sifatida mehmonlarga esdalik, yodgorlik buyumlari, samovar kabi sovg‘a qilsalar ehtimol.
Hozirning o‘zidayoq suvni isituvchi yanada ilg‘or iKettle choynagini sotib olish mumkin, unga boshqa ustunliklar qatorida Wi-Fi moduli ham kiritilgan. Mazkur xususiyati sababli choynakni smartfon vositasida boshqarish mumkin. Endi qaynab yetilganligi haqida xushtak bilan emas, balki telefon ekranida axborot beriladi. Bundan tashqari, iOS va Android uchun maxsus ilovalar yordamida nonushtaga qaynoq choy tayyor bo‘lishi uchun choynakni qo‘yish vaqtini sozlash mumkin. Choynakdagi suvni ma’lum bir haroratda ushlab turishga ham sozlash mumkin. Bundan tashqari, hatto ma’lum maqsadlarda suvni isitish rejimini ham belgilab qo‘yish mumkin. Masalan, ko‘k choy damlash uchun suv 80 darajada bo‘lishi zarur. iKettlening o‘zi zanglamaydigan po‘latdan ishlangan korpus bilan qoplangan, tumshug‘ida filtr o‘rnatilgan. Qurilma oldindan buyurtma uchun tayyorlanadi, uning narxi $60.
Оzishni istaganlar uchun «Aqlli» Sanchqi
O‘z vaznlariga alohida e’tibor bilan qaraydiganlar yaxshi biladilarki, to‘g‘ri ovqatlanish deganda, qaysi oziq-ovqatlarni tanovul qilishgina emas, balki ularni qanday usulda yeyish ham muhimligi nazarda tutiladi. Bunda asosiy qoidalardan biri, eng avvalo, ovqat yeyish tezligidir, ayniqsa, vaznini kamaytirmoqchi bo‘lganlar bunga amal qilishi zarur. Organizm talab etadigan to‘yimli moddalar bilan boyitilgan ovqatni oz miqdorda tayyorlab, sekinroq tanovul qilish zarur.
U haqda fikr yuritmoqchi bo‘lgan qurilmamiz ehtimol, bugungi kunda to‘g‘ri oqvatlanib, gavdani xushbichim holda saqlab qolishga intiluvchi kompyuter ishqibozlariga juda yoqsa kerak. HAPIfork aqlli sanchqisi oqvatni samarali tezlikda tanovul qilishda yordam berishga mo‘ljallangan. Mazkur moslamaga qator o‘rnatilgan sensorlar ovqatni tanovul qilishda harakatlarni qayd etib boradi. Аgar mazkur tezlik me’yordan ortib ketsa, sanchqi o‘z egasiga bundan xabar berib, asta titray boshlaydi. Bundan tashqari, smartfon yoki kompyuter bilan sinxronlashtirilganligi sababli mazkur qurilma olingan ma’lumotlar yig‘indisini jamlay oladi.
Samsung Smart Home: «Aqlli» Uy Platformasi
Samsung kompaniyasi CES 2014 ko’rgazmasida ko‘rgazmasida mobil qurilmalar, televizorlar va maishiy texnika jihozlarini birlashtiruvchi Smart Home platformasini taqdim etdi.
Smart Home platformasining tarkibiy qismlaridan biri smartfonlar uchun ishlangan maxsus dasturdir. Foydalanuvchi uning yordami bilan uydagi boshqa elektr jihozlarini boshqarishi, masalan, konditsionirni o‘chirib-yoqishi, chiroqlarni pasaytirishi mumkin bo‘ladi. Agar maishiy texnika jihozi kamera bilan ta’minlangan bo‘lsa (masalan, Samsung televizorlarida kamera mavjud), ulardan olingan tasvirlarni bu dastur smartfon ekraniga uzatib turadi.
Bulardan tashqari, dastur har bir jihozning holatini ham nazorat qilib boradi. Deylik, biror jihozda rejadagi tekshiruv vaqti kelganligini, boshqasining batareykasini almashtirish lozimligini eslatib turadi.
manba: daryo.uz, infocom.uz, time.com