Mehmonxonalar faqatgina xorigan sayyohlar uchun boshpana bo‘lgan vaqtlar o‘tib ketdi. Endi mehmonlar bir necha kun tashqi dunyoga chiqish zaruratisiz vaqt o‘tkazadigan kichik bir dunyoga aylandilar. Majmuada qolib, dunyoning eng yaxshi taomlari, spa-salonlari bo‘lgan ko‘ngilochar hudud va do‘konlari bor mehmonxonaning ichki hayotidan huzur olib yashash mumkin
10) Excalibur Hotel and Casino
3850 Las Vegas Boulevard South, Las-Vegas Strip, Las-Vegas, AQSh
Las-Vegasda joylashgan mehmonxona 28 qavatga bo‘y cho‘zgan ikki minoradan iborat majmuani o‘z ichiga oladi. Bu yerda kazino umumiy maydoni 9300 kvadrat metrli va 1700 o‘yin avtomatlari joylashgan bir necha zaldan iborat. Excalibur Hotel and Casino 1990 yilda ochilgan bo‘lib, mehmonlar uning 4008 ta nomeridan birida to‘xtashlari mumkin.
9) Ambassador City Jomtien
21/10 Sukhumvit Road, K.M. 155, Na Jomtien, Sattaxip 20250, Tailand
Mehmonxona 40 akr joyni egallagan 5 imoratdagi 8ta restoran, bir qancha barlar, tungi klublar, bahaybat konferens-zaldan iborat majmuani o‘z ichiga logan. Shuningdek u Osiyodagi eng katta basseynli fitnes-markazi bilan ham maqtansa arziydi. Bu erda mehmonlar 4219ta nomerlarning birida joylashishlari mumkin.
8) THE hotel at Mandalay Bay
3950 Las Vegas Blvd South, Las Vegas, NV 89119 (Paradise)
Mehmonxona g‘ayri tabiiy nomidan tashqari Las-Vegasda joylashgan 43 qavatli monumental binosi bilan maqtovga sazovor. Bu erda asosan kazinoda o‘ynash uchun kelgan odamlar joylashadilar, ularga standart nomerlardan tashqari pentxaus, prezident koshonasi yoki shunchaki katta koshonalarni ham taklif etadilar. Hammasi bo‘lib 4332ta nomeri bor. THE hotelatMandalayBay ayniqsa o‘z mehmonlari ovqatlanishlari mumkin bo‘lgan restorani bilan g‘ururlanadi. 2003 yilda ochilgan mehmonxonani MGM Resorts International boshqaradi.
7) Luxor Las Vegas
3900 Las Vegas Blvd S, Las Vegas, NV 89119
Las-Vegasning navbatdagi mehmonxonasi kiraverishining yoritilishi va kechalari osmonga nur sochadigan dunyodagi eng kuchli projektori bilan g‘ururlanadi. Bu erda 4408 nomer, 1860 kvadrat metr joyda esa 4ta basseyn, to‘y marosimlari o’tkazish uchun kichik ibodatxona, SPA salon, 29ta do‘kon va yana ko‘plab qiziqarli narsalar bor.
6) Wynn Las Vegas & Encore Las Vegas
3121 Las Vegas Blvd. South, Las-Vegas 89109 (Paradise)
Aslida bu bir-biriga juda o‘xshash egizaklarday bir-biriga qarama qarshi joylashgan ikki mehmonxona: Wynn Las Vegas va Encore Las Vegas. 4734 ta nomeridan tashqari mehmonxona ko‘p sonli restoranlari, barlari, SPA salonlari va mazmundor tunlari bilan g‘ururlanishi mumkin. Wynn Las Vegas & Encore Las Vegas, Amerikaning boshqa besh yulduzli mehmonxonalariga qaraganda ko‘proq Forbes jurnali mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
5) Disney’s All-Star Resort
1901 W Buena Vista Dr, Lake Buena Vista, FL, 32830 AQSh 499 272 2042
Orlandoda joylashgan bu mehmonxona 5224ta nomerlaridan birida to‘xtash mumkin bo‘lgan 30 ta uch qavatli binolardan iborat majmua. Disney’sAll-Star Resortning har bir binosi o‘z mavzuli yo‘nalishiga ega bo‘lib, hali Disneylendga etib bormasingizdanoq o‘zingizni ertakdagiday his qilishingizga imkon beradi.
4) First World Hotel
Genting Highlands Resort, Genting Xayxlends, Gentink tog‘lari, Malayziya 69000
Kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rindagi mehmonxona Malayziyada joylashgan bo‘lib, 4 qavatli binolar bilan o‘ralgan 24 qavatli ikki minoradan iborat. Bu erda hammasi bo‘lib 6118 ta nomer va apartamentlar, shuningdek ko‘plab restoran va barlar, hamda mavzuli ko‘ngil ochish bog‘i bor. Mehmonxonani First World Hotel and Resorts Sendirian Berhad boshqaradi.
3) MGM Grand Las Vegas
3799 Las Vegas Blvd S, Las Vegas, NV 89109
1993 yilda ochilgan MGM Grand mehmonxonasi o‘z vaqtida dunyoning eng katta mehmonxonasi bo‘lgan. Uning 5ta ochiq basseyni, sharsharalari, daryosi, bir necha tungi klublari, 19 ta restorani va Klark okrugidagi eng katta kazinosi bor. Bu erda hammasi bo‘lib 6852 ta nomer bor, shuningdek mehmonxona Gollivudning bir necha filmlarida suratga olingan.
2) Gostinisa Izmaylovo
105613, Moskva, Izmaylovskoe shosse., 71 uy,korp.4 G-D
Bu reytingda Rossiya sharafini 30 qavatli 4ta binodan iborat Izmaylovo mehmonxonasi himoya qiladi. Mehmonlar 7500ta nomer yoki apartamentlardan birida to‘xtashlari mumkin. Shuningdek. restoran, kafe, barlar mehmonlar xizmatida. Mehmonxonaga katta bog‘ yondashgan.
1 ) Mecca Clock Tower
Oum Al Qura St., King Abdul Aziz Endowment Abraj Al Bait Complex, 24231 21955, Saudiya Arabistoni
Makkadagi Abraj Al-Bait Towers nomi bilan ham tanilgan Mecca Clock Tower dunyoning eng katta mehmonxonasi hisoblanadi. U Makkaga kelgan ziyoratchilar o‘rtasida ham, sayyoh va tadbirkorlar o‘rtasida ham birdek mashhur. Shuningdek, Mecca Clock Tower siferblatlari dunyoda eng katta maydonni egallagan soatli dunyodagi eng baland minoraga ega. Mehmonxona 8000 nomer va apartamentli uch minoradan iborat.
Manba: Chorsu.uz