1. Abdulla ibn Abdul Aziz Al Saud Abdulla ibn Abdul Aziz Al Saud – Saudiya Arabistoni qiroli va ikki muqaddas haram xodimi (2005 yildan boshlab). Qirol Abdulla o'n uch bor uylangan va kamida o'ttiz beshta farzandi bor. Shuningdek butun mamlakatdagi neft zaxiralarining 20% unga tegishli. Uning jami shaxsiy sarmoyasi 2013 yilda 21 milliard dollarni tashkil etdi.
2. Xassanal Bolkiax Xassanal Bolkiax – Bruney sultoni (XIV asrdan buyon hukmronlik qilib kelayotgan sulolaning 29-vakili), mamlakat bosh vaziri, mudofaa vaziri va moliya vaziri. Xassanal Bolkiax avtomobillarni kollektsiya qiladi. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, uning avtoparkida 3000 dan 7000 gacha avtomobil mavjud. Ularning orasida 600 dan ziyod "Rolls-Royce”, yarim mingga yaqin "Ferrari” hamda 1980 yildan boshlab yig'ilgan "Formul-1”chempionlik bolidlari bor. Uning sarmoyasi 20 milliard dollarni tashkil etadi.
3. Maykl Rubens Blumberg Maykl Rubens Blumberg – tadbirkor va Nyu-Yorkning 108-meri. "Forbes” versiyasi bo'yicha dunyoning eng boy odamlari ro'yxatiga kiradi. Saxovatpesha, siyosatchi va biznesmen Maykl Blumberg eng boy siyosatchilar ro'yxatida uchinchi o'rinni egalladi. U Garvard universitetini tamomlagan, "Bloomberg” axborot agentligining muassisi va xo'jayini hisoblanadi. Uning shaxsiy kapitali 18,1 milliard dollarni tashkil etadi.
4. Sonya Gandi Sonya Gandi – hind siyosatchisi, Hindiston milliy kongressining rahbari, sobiq bosh vazir Rajiv Gandining bevasi. U 1998 yilda Hindiston milliy kongressining prezidentiga aylandi. Uning sarmoyasi qariyb 18 milliard dollarni tashkil etadi.
5. Shayx Xalifa ibn Zayd Al Nahayyan Shayx Xalifa ibn Zayd Al Nahayyan – Birlashgan Arab Amirliklarining prezidenti, Abu-Dabi amiri. "Forbes” jurnali bo'yicha dunyoning eng badavlat odamlaridan biri. Uning shaxsiy kapitali 18 milliard dollarni tashkil etadi. Otasining vafotidan keyin 2004 yil 3 noyabrda Birlashgan Arab Amirliklarining ikkinchi prezidentiga aylandi. Uning siyosatini g'arbga qaratilgan va islohotlar o'tkazishga moyil siyosat sifatida baholashadi.
6. TSzun TSinxou TSzun TSinxou – "Hangzhou Wahaha Group” raisi va bosh direktori, xitoylik tadbirkor. U Xitoyning eng badavlat kishisi hisoblanadi. Mulki 11,6 milliard dollarni tashkil etadi. U 1987 yilda gazli ichimliklar, muz va bosma qurilmalar uchun qog'oz ishlab chiqarish bilan shug'ullana boshlaydi. TSzun Xitoy Milliy xalq kongressining delegati hisoblanadi.
7. Savitri Jindal Savitri Jindal \"O.P. Jindal Group” kompaniyasining raisi va Hindiston qonunchilik kengashining a'zosi. Siyosatchi ayolning sarmoyasi 10,9 milliard dollarni tashkil etadi. Shuningdek, u Hindistonning eng badavlat ayoli sifatida ham mashhur.
Maqolani tayyorlashda biznestrener.uz ma'lumotlaridan foydalanildi.