Avvallari bobolarimiz bizga nisbatan ancha baquvvat bo’lgan. Yetmishvoy, Saksonvoylar tug’ilgan hozirda esa ellik yoshdan so’ng keksalik alomatlari sezilayotgandek. Erkaklarning baquvvat bo’lishi uchun qanday tavsiyalar bor? Bugun Gooper.uz’da shu haqda ma’lumot beramiz. Marhamat!
1. Harakat. Ko’p aytilgan gap bo’lsada, ko’proq harakat qilish, piyoda yurish foydali. Lift o’rniga zinadan ko’tariling. Transportdan uyingizdan bir ikki bekat oldin tushib piyoda keting. Iloji bo’lsa, do’stlaringiz bilan sport o’yinlari o’ynab turing.
2. Jinsiy hayot ham me’yorida, doimiy ravishda bo’lishi muhim.
3. Chekishni tashlang. Bilsangiz kerak, nikotin qon tomirlarining torayishiga olib kelib, hayot uchun muhim bo’lgan ichki a’zolar faoliyatini yomonlashtiradi. Jumladan, jinsiy a’zolardagi qon aylanishini ham yomonlashtirib, ko’pgina muammolarga sabab bo’ladi.
4. Shifokor bilan do’stlashing. Vaqti-vaqti bilan undan maslahat olib turing. U tayinlagan vaqtida urogenital infeksiyalarga tahlil topshirib, zarurat bo’lganda o’z vaqtida davolaning. Hech bo’lmaganda yilda bir martta urolog tekshiruvidan o’ting. Agar prostatit kasalligiga yo’liqqan bo’lsangiz shifokor huzuriga tez-tez borishga to’g’ri keladi.
5. Salomatligingizdan boxabar bo’ling. 45 yoshdan so’ng bir yilda ikki martta onkomarkerga qon tahlilini topshiring. Urologik hastaliklar orasida eng havflisi – prostata bezi saratoni hamda havfsiz giperplazasi hisoblanadi. Bu hastaliklarni o’z vaqtida aniqlagan ma’qul.
6. Erkaklik quvvatini oshiruvchi dorilarni shifokor tavsiyasisiz ichmang. Ular organizmni zo’riqtiradi. Ayniqsa, yurak hastaliklari bilan og’rigan kishilar bunday dorilardan ehtiyot bo’lgani ma’qul. Chunki quvvat oshiruvchi dorilar yurak hastaligida qabul qilinadigan nitroglitserin bilan chiqishmaydi.
7. Gimnastika bilan shug’ullaning. Har kuni tongda hech bo’lmasa, besh – o’n daqiqa jismoniy mashqlar bajarish kerak. Jismoniy tarbiya – erkaklar muammosiga qarshi eng yaxshi davo. Chunki harakat qon aylanishini yaxshilab, moddalar aylanishini me’yorlashtiradi. Toz mushaklarini qisqartiruvchi mashqlar esa uqalovchi ta’sirga ega bo’lib, peshob yo’llariga ijobiy ta’sir etadi. Shuningdek, qorin bo’shlig’I bosimini me’yorlashtiradi.