Germaniyaning Frankfurt shahri yaqinida Napoleonning armiyasida bo'lgan 200 nafar atrofidagi askarga tegishli qoldiqlar topildi. Bu haqda Phys.org xabar berdi.

"Biz bu yyerga 200 nafarga yaqin askar ko'milganini taxmin qilayapmiz", deb ma'lum qilgan Frankfurt shahri meri Olaf Kunits.

Uning qayd etishicha, birinchi xulosalarga ko'ra, bu askarlar 1813 yilda Rossiyadan qaytgan armiya safida bo'lishgan.
Kunitsning aytishicha, o'shanda Frankfurt yaqinida frantsuz askarlari Rossiya armiyasi hujumiga uchragan va bu jangda Napoleonning jami 15 ming nafar askari halok bo'lgan.
Ayni vaqtda 30ta skelet tiklangan. Qolgan qoldiqlarning skeleti tiklanishi uchun yana 4-6 hafta muddat talab qilinadi.