1. Oziq-ovqat do`koniga qanchalik ko`p borasiz?
A) Haftada bir marta;
B) Ba'zan shunchaki, ba'zan zarurat yuzasidan;
C) Har kuni
2. Do`konga borayotganda aynan qaysi mahsulotlarni harid qilish uchun ketayotganingizni aniq bilasizmi?
A) Ha, qo`limda ro`yhat bo`ladi;
B) Ro`yhatim bo`lmaydi, ammo nima olishimni yoddan bilaman;
C) Yo`q, hammasini o`sha yerda hal qilaman
3. Yig`ib qo`ygan pullaringizni arzon uchrab qolgan etik yoki palto uchun sarflab yuborishungiz mumkinmi?
A) Yo`q, hech qachon;
B) Odatda, unday emas, ammo buyum juda yoqib qolsa, bo`lishi mumkin;
C) Ha, bunaqasi ko`p bo`ladi
4. Yirik harid uchun pul yetmay qolsa, katta miqdorda qarz olishingiz mumkinmi?
A) Qarz olishni yomon ko`raman;
B) Buni nimasi yomon?
C) Pul yetmasa, yagona yo`li qarz olish
5. Qarz so`raganingizda, rad javobini olganmisiz?
A) Yo`q, odatda so`rashim bilan berishadi;
B) Ba'zida ha;
C) Ko`pincha rad javobini berishadi
6. Maosh olganingizda, uning bir qismini olib qo`yasizmi?
A) Ha, odatda shunday qilaman;
B) Ba'zida olib qo`yish esdan chiqadi, keyin oylikkacha qiynalib qolaman;
C) Yo`q, olib qo`ymiman, pulim qolmasa, kimdandir qarz so`riman
7. Pulni tajamayotganingiz uchun oila a'zolaringizdan dakki eshitganmisiz?
A) Yo`q, hech qachon;
B) Ba'zi-ba'zida;
C) Kunda dakki eshitaman
8. Yangi narsa olishni oldindan rejalashtirasizmi?
A) Albatta;
B) Odatda ha, ammo yaxshi 0narsa uchrab qolsa, olishim mumkin;
C) Yo`q, rejalashtirmiman, yoqqan narsani olaveraman
9. Ayni damda yoningizda qancha pul borligini aniq ayta olasizmi?
A) Ha, tiyin-tiyinigacha;
B) Tahminan;
C) Yo`q
Natijalar:
A - javobi ko`p bo`lsa: Siz tajribali va tejamkor bekasiz. Sizdan ibrat olsa arziydi.
B - javobi ko`p bo`lsa: Sizni tejamkor deyish mumkin. Lekin ko`pincha keraksiz haridlarga yo`l qo`yasiz. Pulingizni tejashga harakat qiling.
C - javobi ko`p bo`lsa: Siz pulingizni isrof qilasiz. Pulni sanamay ishlatasiz. Pulga va haridga munosabatingizni zudlik bilan o`zgartirishingiz kerak.