Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan 2016 yil 19 fevral 2016 yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi PQ-2493-sonli qaror chiqardilar, deb yozadi "KUN.UZ".
Qarorda bayramning tarixi, uni nishonlanish bilan bog'liq urf-odat, an'ana va qadriyatlarimizning mohiyati, ahamiyatini keng yoritish, Navro'zning ruhi va falsafasida o'z aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoshi ulug' insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama e'zozlash, ko'makka muhtoj kishilarga beg'araz yordam berish bilan bog'liq tadbirlar o'tkazish va xayriya ishlarini amalga oshirish lozimligi o'z aksini topgan.
Ushbu qarorda 2016 yilgi Navro'z bayramining falsafasi belgilab berilgan. Ular quyidagilardan iborat:
Mehr-muruvvatni;
Ahillik va totuvlikni;
Yoshi ulug' insonlarni e'zozlashni;
Ko'makka muhtoj kishilarga beg'araz yordam ko'rsatishni aniq, hayotiy misollar bilan tushuntirish.
Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasida Navro'z umumxalq bayrami oldidan aholining keng qatlamlari o'rtasida ma'rifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchi taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, jamoatchilik vakillaridan iborat targ'ibot guruhi a'zolari shakllantirilgan. Ular quyidagilar:
1. Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich Respublika Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi direktori.
2. Beknazarov Turg'un Saidovich Muqimiy nomidagi O'zbek davlat musiqiy drama teatri ijodkori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.
3. Mamadaliev Muqaddas Muqimiy nomidagi O'zbek davlat musiqiy drama teatri ijodkori.
4. Aliev Rixsiboy Usmanovich O'zbekfilm kinostudiyasi aktyori .
5. Raxmanov Qurbon Sodikovich O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron hukumat” tizimi asoslari” kafedrasi mudiri
2015 yilning 13 mart kuni targ'ibot guruhi a'zolari umumxalq hasharida qatnashgan holda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ijodiy uchrashuvda ishtirok etdilar. Uchrashuvni institut rektori Prenov Barlikbay Barakbaevich kirish so'zi bilan ochdilar hamda so'zni targ'ibot guruhi a'zolariga berdi.
Guruh rahbari professor A.A.Mavrilov Navro'z tarixi uni paydo bo'lishi, mustaqilligimizning qanday bebaho ne'matligi haqida ma'ruza qilib fikrlarining tarixiy raqamlar bilan keltirib o'tdi.
Guruh a'zolari bo'lmsish an'atkorlar o'z repertuarlari bilan professor-o'qituvchilar va talabalarning bahoriy kayfiyatlarini yanada ko'tardilar.
Fasllar kelinchagi bahorning yoqimli tafti dillarimizga huzur bag'ishlayotgan shu nurafshon kunlarda mamlakatimizning barcha go'shalarida yasharish va yangilanish ayyomi Navro'zi olam katta xursandchilik bilan nishonlanmoqda.
Shahar va tumanlarimizda, eng olis qishloq hamda ovullarda ham ko'chat ekish, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari avjiga chiqib, bemorlar, yolg'izlar holidan xabar olinmoqda, mehru saxovat ulashilayapti.
Ha, Navro'z yangilanish va yasharish ayyomi, Navro'z shukuhi sizu bizni hech qachon tark etmasin!