Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi G‘arbiy hududiy filial hududida 2G va 3G tarmoqlari hajmi va qoplam doirasi kengaygani haqida xabar beradi.
““Beeline” tarmog‘ini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha ishlar, aloqani yuksak sifatini ta’minlagan holda mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilmoqda, – voqeani sharhladi “Unitel”ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Refat Nizamutdinov. – Hudud aholisini ishonchli aloqa bilan ta’minlash bizning ustuvorliklarimizdan biridir, tarmoqlarimizning hajmini doimiy ravishda kengaytirish esa Qoraqalpog‘istonning uyali bozorida yetakchi bo‘lib qolishda bizga yordam beradi».
Qo‘shimcha uskunalar o‘rnatilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir necha tumanlarida signal sifati yaxshilandi:
- Shumanay (Shumanay shahri)
- Nukus (Oqmangit shahri)
- Kegeyli (Kegeyli shahri);
- Qonliko‘l (Qonliko‘l shahri);
- Amudaryo (Qilichboy Dorman tumani);
- Ellikqalin (Qilchinoq qishlog‘i).