O‘zbekiston hukumati 2020-yilgacha mamlakatda mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi UzDaily.
O‘zbekiston hukumati 2016—2020-yillar uchun xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2016—2020-yillarda 50 ta mehmonxona, 30 ta kemping va 20 ta pansionat qurish rejalashtirilmoqda.
Dasturda aytilishicha, O‘zbekistonda 2016-yilda mehmonxona infratuzilmasining 15 ta obyekti, 2017-yilda 35 ta, 2018-yilda yana 35 ta, 2019-yilda esa 15 ta obyekti quriladi.
Dastur, shuningdek, qishloq joylarda agroturizmni rivojlantirish uchun 100 ta kemping qurishni ko‘zda tutadi. Ushbu obyektlar “barchasi ichida” tizimi bo‘yicha mehmonxona xizmatlarining yangi turlarini taqdim etadi.
2016 va 2017-yillarda O‘zbekiston bunday kempinglardan 35 tasini, 2018—2019-yillarda esa 15 tasini yaratishni rejalashtirmoqda.
Manba