AQShdagi Pensilvaniya universtiteti olimlarining ta’kidlashicha, ozish odamni uyqusizlikdan asraydi. Hatto avvalgi vaznini 5 foiz kamaytirishga erishgan kishining uyqusi sezilarli darajada yaxshilanadi.
Olimlar o’tkazgan tadqiqotda semizlikdan aziyat chekadigan 390 nafar erkak va ayol ishtirok etdi. 2 yil davomida ularning hayot tarzi kuzatildi. Tana vazni 5 foiz kamaygan ko’ngillilarning uyqusi 21,6 daqiqa uzaygani ma’lum bo’ldi. 5 foizdan kam ozgan kishilar uyqusi esa atigi 1,2 daqiqa ko’paygan. Bundan tashqari, ko’proq vazn tashlagan kishilar uyquga to’yib hamda yaxshi kayfiyat bilan uyg’onayotganini aytgan.
Bu natija ko’ngillilar 24 oydan so’ng qayta tekshiruvdan o’tkazilganda ham saqlanib qolgani aniqlandi.