Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev va uning jamoasi uchun chechen o‘rmoniga ekskursiya uyushtirdi. Bu haqda Qodirovning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Birinchi qilgan ishimiz, turistik baza joylashgan o‘rmonga borish bo‘ldi. Toza havoda kabob tanovul qildik. Lukas Braun bilan bo‘ladigan bo‘lajak jang masalalarini muhokama qildik. Murabbiylar va Ruslarning o‘z o‘ylab qo‘ygan rejalari bor, ular haqida hozircha gapirishmadi. Kechqurunga yaqin qo‘riqxonada bo‘ldik, tabiiy sharoitlarda hayot kechiradigan yovvoyi hayvonlarni kuzatdik”, — deb yozdi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev va Lukas Braun o‘rtasidagi jang 5-mart kuni Grozniy shahrida bo‘lib o‘tadi.
Manba