Qirg`izistonning Qorako`l shahrida tug`ilgan qora yungli qo`zichoqning tanasida oq rangli yozuvi bor. Bu haqda “Uz24.uz” xabariga asoslanib "Darakchi" ma'lumot bermoqda.
Qo`zichoq egasining so`zlariga ko`ra, avvaliga bunga e`tibor berishmagan. 20 kun o`tgach, uning tanasidagi yozuv yanada aniqlasha boshlagan, ya`ni unda arabcha “Alloh” so`zi yozilgan. Ushbu qo`zichoq, shuningdek, odamning 5 panjasi shaklidagi uzun dumli bo`lib tug`ilgan. Biroq asta-sekin dum xurpayib, odatiy ko`rinishga kelgan.
“Otam chorvador bo`lgan. Men ham chorvachilik bilan shug`ullanaman, biroq umrimda bunaqasini ko`rmaganman”, deydi qo`zichoq egasi.
U ushbu qo`zichoqni sotmasligini va so`ymasligini ham ta`kidlagan.