12 - yanvardan Rossiyaning bir qator texnika magazinlarida eski ayfon modellari uchun narxlari uchun narxlarni sezilarli ravishda tushurishdi. Rossiyaning yirik texnika do'konlarida 16 GB'li iPhone 5s smartfonini 24 990 rubldan taklif qilishdi, deb xabar bermoqda TJournal.
Biroq Apple'ning rasmiy do'konlarida smartfonlar narxlari avvalgidek qoldi. U yerda iPhone 5s 16 GB 36 990 rubldan, 32 GB esa 40 990 rubldan sotilmoqda.
Rossiya Markaziy bankining 13 - yanvardagi kursi bo'yicha hattoki (eng qimmat narx) 25 ming rubl ham atigi 326 dollarni tashkil etadi. Bu iPhone 5s uchun dunyodagi eng arzon narx deb baholanmoqda. Misol uchun AQShda iPhone 5s 450 dollar turadi.