Ko'pchilikning sevimli salatlaridan biri. Salat muallifi 19 asrning 60chi yillarida Moskvaning \"Ermitaj\" nomli frantsuz restorani shef-povari Lyusen Olivedir. Asl retseptida noyob masalliqlar ishlatilgan bo'lsada, Sovet Ittifoqi davrida masalliqlar soddalashtirilib, biz bugungi kunda bilgan \"Olive\" salati kelib chiqqan. Salat tayyorlanishi juda oson: asosiy masalliqlarni qaynatib, to'g'rab olinadi va mayonez bilan aralashtirib dasturxonga tortiladi.