NASA 2025-yilda amerikalik astronavtlarni asteroidga, to‘g‘rirog‘i uning Oy atrofidagi orbitaga yetkaziladigan bir parchasiga tushirmoqchi. Bu haqda NASA direktori yordamchisi Robert Laytfutga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Amerikalik mutaxassislar Oy yaqinidagi orbitaga butun boshli asteroidni keltirish g‘oyasidan voz kechib, u yerga uning bir bo‘lagini yoki uning yuzasidagi ulkan toshni olib kelishga qaror qildi. Buning uchun 2020-yil dekabrida ekspertlar tanlaydigan asteroidga avtomatik qurilma yuboriladi. U samo jinsining bir parchasini olib Yer yo‘ldoshiga keltiradi. Besh yildan so‘ng ushbu asteroidga astronavtlarni bortiga olib, “Orion” jo‘naydi.