Bir necha
kun avval Bluetooth SIG organizatsiyasi 8 dyuymli yangi Samsung Galaxy Tab 3
8.0 haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Unga ko’ra SamMobile ning hali taqdim
etilmagan qurilmasi haqida foto hamda tavsiflar mavjud. Ushbu planshetni iyun
oyi oxirlarida chiqarilishi ko’zda tutilgan.
Keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Samsung Galaxy
Tab 3 8.0 ikki yadroli 1,5GHz(gigagerts) protsessorga ega bo’lib, 1,5 GB
operativ xotira hamda 16GB li ma’lumotlarni saqlovchi xotirani o’zida mujassam
etgan. Ushbu ko’rsatkichlarni microSD fleshkalari yordamida ko’tarish ham
mumkin.
Boshqa planshetlar kabi Samsung Galaxy Tab 3 8.0 ham
bir nechta modifikatsiyalarda chiqishi rejalashtirilgan: eng qimmat variant
o’zida Wi-Fi va Bluetooth, 3G(HSPA+42Mbit/s)ni o’z ichiga oladi. Nisbatan arzon
versiyasida esa faqatgina Wi-Fi va Bluetoothni ko’rishimiz mumkin. Planshet
narxlari qurilma taqdimotidan so’ng belgilanadi. Shuni aniqlik bilan aytishimiz
mumkinki, planshet yuz foiz ikki xil rangda: qora va oq ranglarda ishlab
chiqariladi.
Bundan tashqari, planshetda 1,3 va 5MP kameralar, GPS
priyomnik, USB 2.0 porti hamda 4450 mA/soat kuchga ega batareylar ham mavjud.
Yangi planshet gabaritlari 209,3x122,2x6,95 mm.
Manba: http://www.tehplaneta.ru