Buyuk Britaniyadagi Rolls-Royce kompaniyasining aktsiyalaridan tushadigan foyda 2014 yilda 19,8 barobar kamayib ketib, 69 million funt (105,2 mln dollar)ni tashkil etdi$CUT$. Bu haqda “Praym” nashri xabar berdi.
O'tgan yilda kompaniyaning 1 dona aktsiyasidan tushadigan daromad 0,231 funtdan iborat bo'ldi. Bu kompaniyaning umumiy daromadi o'tgan yilda 6,19 foiz kamayib, 13,736 mlrd funtlik ko'rsatkichni qayd etgan va bu ko'rsatkich oxirgi 10 yil ichidagi eng yomon ko'rsatkich hisoblanadi.
“O'tgan yil juda kulgili o'tdi. Butun dunyo bo'ylab, biz ishlab chiqaradigan avtomobil va boshqa transport vositalarining texnik qismlari uchun talab va narxlar keskin tushib ketdi”, – deydi kompaniya bosh direktori Jon Rishton.
Ma'lumot uchun, Rolls-Royce Group kompaniyasiga 1987 yilda o'sha vaqtdagi Buyuk Britaniya hukumati rahbari Margaret Tetcher tomonidan joriy qilingan biznesni xususiylashtirish siyosati doirasida asos solingan bo'lib, bu kompaniya mashinasozlik sohasidan tashqari, aviatsiya vca kemasozlik sohalari uchun ham mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan va bu borada dunyodagi ikkinchi eng yirik kompaniya hisoblanadi. 2014 yilning noyabrida kompaniya 2600 xodimini ishdan bo'shatishiga to'g'ri keldi.