AQSh Kongressi Shimoliy Koreya va Eron tomonidan hujum qilingan taqdirda, mamlakat o‘zini ballistik raketa zarbalaridan himoya qila olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Kongress Bosh nazorat boshqarmasining hisobotida qayd etilgan ma’lumotlarga tayangan holda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Vashington havo mudofaasi tizimini mustahkamlash hamda Pxenyan va Tehrondan bo‘lgan xavf bilan bog‘liq muammoning eng samarali iqtisodiy yechimini ishlab chiqish niyatida.
AQShni ballistik raketa zarbalaridan himoya qilish – milliy xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Kongressining Palata vakillari yadroviy va raketa dasturlari sababli KXDRga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni kengaytirishga imkon beradigan qonun loyihasini qabul qilib, KXDR sun’iy yo‘ldoshli raketa uchirganiga javoban Janubiy Koreya hududida vaqtincha qo‘shimcha raketaga qarshi himoya batareyasinijoylashtirgan edi.