Ruhlantirish – bu muvaffaqiyat kaliti. Agar siz o‘zingizni ruhlantira olsangiz, nimaiki qilmang barcha narsada ijobiy natijaga erisha olasiz. Ko‘tarinki ruh kun davomida sizga ko'mak bo‘ladi. Bugun Gooper.uz'da o'zingizni ruhlantirishning bir qancha usullarni tavsiya etamiz:
1. Barvaqt uyg‘oning
Agar ertalab shoshilib hech qayerga bormasangiz, sizda yangi boshlanayotgan kunga ruhiy va jismoniy tayyorlanish uchun yetarlicha vaqt bo‘ladi. O‘zingizni dadil va xotirjam sezasiz. Kunni qanday o‘tkazishingiz, uni qanday qilib boshlashingizga bog‘liq.
2. “Kun shiori”ni tanlang
Ertalab sizni ruhlantiradigan shior tanlang va uni kun davomida hayolingizda saqlang. Sizga qo‘shimcha rag‘bat kerak bo‘lganda u haqda eslang. Shunday tarzda har doim sizga madad beradigan va salbiy fikrlardan qutqaradigan kuch bo‘ladi.
3. Ijobiy tomonlarni qidirib toping
Ruhlantirishni yo‘qotishni asosiy sabablaridan biri – atrofda sodir bo‘layotgan narsalarga salbiy munosabatda bo‘lish. Har safar miyangizda yomon fikrlar paydo bo‘lsa, energiyangizning bir qismini yo‘qotasiz. Agar ular sizning miyangizda doim yashasa, kun davomida o‘zingizni tushkun va bezovta his qilasiz. Agar omadsizlik sodir bo‘lsa, ega bo‘lgan qimmatli tajriba haqida o‘ylang.
4. Boshqalarga ko‘mak bering
O‘zgalarga yordam berish doim kishini ruhlantiradi. Kimningdir muammosini hal qilishga yordam bersangiz, o‘zingizning muammolaringizdan chalg‘iysiz. Bu ulardan qochasiz degan ma’noni bildirmaydi, shunchaki ular kichikroq va kamroq qo‘rqituvchi bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari, odamlarning minnatdorligi va savobli ish qilganingizga iqror bo‘lishlari juda ko‘p ijobiy tuyg‘ularni bag‘ishlaydi. O‘z hayotingizni yaxshilash uchun boshqalarning hayotini yaxshilashga harakat qiling.
5. G‘olib bo‘ling
G‘alaba yoki mag‘lubiyat – sizning birinchi galdagi tanlovingiz. Hech kim sizni yutqazishga majbur etmaydi, agar bunga o‘zingiz yo‘l qo‘ymasangiz. Shunday ekan, g‘olib bo‘ling. Agar o‘zingizni shunga yo‘naltirsangiz, kun davomida kuchli, jasoratli va topqir bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa muammolar sizni mag‘lub etishiga yo‘l qo‘ymaysiz.
Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus