Arab davlatlari ligasi Livanning “Hizbulloh” guruhini terrorchilik tashkiloti deb tan oldi. Bu haqda Misrning MENA agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Qaror ligaga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qabul qilindi. Ovoz berish chog‘ida deyarli barcha qarorni yoqladi, faqat Iroq va Livan vakillari ovoz berishdan tiyildi.
Mart oyining boshida Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi ham shunday qaror qabul qilgan edi.
Manba