*Quyi Saksoniyadagi uylardan biriga qurollangan talonchi bostirib kirdi. U uydagi enagaga to’pponcha o’qtalib, pullar qayerda saqlanishini aytishni talab qilayotgan bir paytda 6-7 yoshli ikki bolakay talonchiga o’zlari yig’ib qo’ygan pullarini keltirib tutqazishadi va ayolga tegmaslikni iltimos qilishadi. Bundan juda ta’sirlangan erkak uydan hech narsa olmay chiqib ketadi.
*2011 yilning oktyabrida maydonchada turgan avtomobilni tunashdi: o’g'ri mashina salonidan 2 ta uyali telefon va yondaftarchani o’g'irladi. Telefonlardan birini ko’zdan kechirayotib, o’g'rining ko’zi behayo tasvirlarga tushadi. Bu unda kuchli nafrat uyg’otadi va bu tasvirlarni suratga olgan, tarqatgan kishilarni jazolashda yordam berish maqsadida polisiya.ga taslim bo’ladi. O’g'rining ko’magida noqonuniy ishlar bilan shug’ullanuvchi 46 yoshli erkak hibsga olinadi. O’g'irlikni amalga oshirgan yigitga esa yengillashtirilgan jazo tayinlanadi: bir oylik qamoq va jarima.
*Braziliyada esa o’g'irlangan mashina egasi salonda qoldirgan telefonga qo’ng’iroq qilib, hozir og’ir moliyaviy ahvolda ekanligini aytgach transportni joyiga qaytarib qo’yadi.
*Saudiya Arabistonida shunday voqea yuz berdi. Kimligi hozirgacha noma’lum bo’lib qolayotgan kishi bundan 10 yil avval o’g'irlangan tilla taqinchoqlarni haqiqiy egasiga qaytardi. Taqinchoqlarning egasi aytishicha, tun yarmida kimdir eshik qoqadi, eshikni ochgan uy sohibi ostonada kichikroq bir sumkani ko’radi. Sumkada u yo’qotgan tilla buyumlar va uzr maktubi turardi.
*Shved universitetlaridan birining professori o’g'riga nishon bo’ldi. Noutbugini o’g'irlatganini bilgan professor dahshatga tushdi, chunki noutbukda uning 10 yillik mehnati jamlangan yozuvlar bor edi. Ammo o’g'ri shunchalik "vijdonli” chiqdiki, biroz vaqt o’tib u noutbukdagi barcha ma’lumotlarni fleshkaga yozib professorga qaytardi.
*Yaqinda sodir bo’lgan ushbu voqeadan habardor bo’lsangiz kerak. Xitoyda mobil telefonni o‘margan yigit undan barcha telefon raqamlarini qog‘ozga ko‘chirib oldi va mobil telefon egasiga yubordi.Ushbu voqea Xunan viloyatida sodir bo‘lgan. Telefon egasi — Tszou ismli kishi telefonini taksida yo‘qotganini ta’kidlab, uni mashinaga o‘zi bilan birga chiqqan kishi o‘g‘irlaganini taxmin qilmoqda.
Tszou o‘g‘riga uning kimligini bilishini, taksida uni tanib olganini va uni albatta qidirib topishini bildirib SMS-xabar jo‘natgan. Shuningdek, jinoiy guruhlar bilan tanish ekanini, telefonida mingdan oshiq raqamlar saqlanganini ham qo‘shimcha qilib, uni qaytarib berishini talab qilgan.
Bir necha kundan so‘ng, Tszou o‘zining SIM-kartasi va qo‘lda yozib chiqilgan smartfonidagi telefon raqamlaridan iborat 11 varaqlik ro‘yxat solingan maktub oldi. O‘g‘rining manzilni qanday bilib olgani noma’lum.Ta’kidlash joiz, ushbu voqea Xitoy internet-foydalanuvchilari orasida ommalashib ketdi. Ular ushbu o‘g‘rini "barcha kissavurlarning vijdoni” deb atamoqda.
*Kaliforniyaning San-Bernardino shahridagi xayriya tashkilotidan kompyuter texnikasini o‘g‘irlab ketgan jinoyatchilar o‘g‘irlangan narsalarni qaytarib berishdi.O‘g‘rilar o‘z tushuntirish xatlarida Jinsiy zo‘ravonlikdan jabr chekkanlarga yordam ko‘rsatish xizmatidan uzr so‘rashgan va xizmat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilashgan.
O‘g‘irlangan narsalar o‘g‘rilik sodir bo‘lgani ma’lum bo‘lganidan ikki soat o‘tib qaytarib tashlab ketilgan. «Biz aynan nimani o‘g‘rilayotganimiz haqida tasavvurga ham ega emasdik. Mana sizning narsalaringiz, – deyiladi WTXF-TV telekanali iqtibos keltirayotgan va o‘g‘rilar tomonidan qoldirilgan xatda. – Umid qilamizki, siz bundan keyin ham odamlar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartira olasiz. Xudo yorlaqasin!».Jinsiy zo‘ravonlikdan jabr chekkanlarga yordam ko‘rsatish xizmati ehtiyojmandlarga bepulga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi. Tashkilot idorasidagi o‘g‘rilik 7 avgust kuni oqshomda sodir bo‘lgan: olti statsionar kompyuterdan tashqari o‘g‘rilar bitta leptop va qimmatli buyumlar solingan qopni olib chiqib ketishgan. Jinoyatchilar signalizatsiya tizimini o‘chira olishmagan, biroq bir necha daqiqa ichida o‘ljalarni olib, yashirinishga ulgurishgan.
O‘g‘irlangan buyumlar qaytarib berilganidan so‘ng mahalliy huquqni muhofaza qilish organ xodimlari faoliyatlari davomida bunday holatga hech duch kelishmaganini ta’kidlashgan. Ma’lumot o‘rnida, 2013 yil davomida AQShning o‘zida shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lgandi: noma’lum jinoyatchi politsiyaga do‘kondan o‘g‘irlagan pullarini jo‘natgan. Qayd etish joiz, jinoyat sodir etilganiga 30 yil bo‘lgan, biroq jinoyatchi o‘g‘irlangan pulni foizi bilan – 800 dollar o‘rniga 1,2 ming dollar qilib qaytargan.
Manba: Turfaolam.com