Yakunlangan 2013 - yil kim uchundur omadli va baxtli onlar, yana kimdur uchun esa ba'zi bir ko'ngilsizliklar bilan yodda qoldi. Ushbu yilda fan - tehnika olamida ham katta yangiliklar yili bo'ldi. Bu yangiliklarni tomosha qilar ekansiz, yer sharimizdagi rivojlanish bir necha o'n marttaga oshib ketganini his etasiz. Quyida 2013 - yilning eng e'tiborga molik ixtirolarini e'tiboringizga havola etamiz. Marhamat.
Atlas: Gumanoid Robot
Tabiiy ofatlar vaqtida foydalanish uchun Pentagon Atlas gumanoid robotini yaratdi. Ushbu robot og’ir narsalarni ko’tarib yura oladi hamda qo’llarini inson yordamisiz o’zida mavjud asbob-uskunalar bilan almashtira oladi. Shuningdek, u narvondan chiqish, eshik, devorlarni buzib kirish va tabiiy ofat paytida aloqa uzilib qolishini hisobga olgan holda, mashina hayday olish kabi funksiyalarga ega bo’ladi. 2014- yilda DARPA Robotlar Musobaqasida Atlasning kamida bir varianti ishtirok etishi kutilmoqda.
Automatic
100 aqsh dollari turadigan ushbu uskuna 1996 yildan keyin ishlab chiqarilgan har qanday avtomobilni salkam "aqlli mashina” ga aylantirib qo’yadi. U mashina texnik holati, safarlar, sarflangan yoqilg’I, mashina haydashdagi odatlar haqidagi ma’lumotlarni Bluetooth orqali telefonga o’rnatilgan maxsus programma(hozircha faqat ayfon uchun) ga uzatib beradi. Mashinada qandaydir muammo paydo bo’lishi bilan habar beradi. U shuningdek, yigilgan ma’lumotlar asosida iqtisod qilish yollarini taklif etadi. Masalan, yoqilg’I ko’proq katta tezlikda yurishga ketayotgan bo’lsa, tezlik kerak bo’lmagan joyda gaz pedaliga oyoq qo’yishingiz bilan bunday qilmaslikni taklif etib, signal beradi.
Sakraydigan Tadqiqotchi
6 ta kamera va mikorofon bilan jihozlangan ushbu beysbol koptokchasiday keladigan uskuna inson uchun havfli bo’lgan joylardan ma’lumot olish uchun yaratilgan.U Wi-Fi orqali suratga olgan rasmlarini, havo tempraturasi, havo sifati haqidagi ma’lumotlarni tezlik bilan uzatib bera oladi. Bu esa ayniqsa, o’t o’chiruvchilar, harbiylar hamda militsiya hodimlari hayotiga havfni kamaytirishga yordam beradi.
Desktop 3D Skaner
3D buyumlarni printer orqali hozirda ko’plab buyumlarni chop etish mumkin. Ushbu uskuna esa buyumni 3D skanerlash mumkin. Skanerlangan buyumning klon nusxasini esa 3D Printer orqali chop etish mumkin bo’ladi.
Google Glass
Uni ko’tarib yurish mumkin bo’lgan mini kompyuter desak adashmaymiz. Uning yordamida rasmga, videoga olishingiz va ularni do’stlar bilan baham ko’rishingiz, GPS yordamida manzilni topib borish, internet tarjimondan foydialanish, do’stlar bilan video muloqotda bo’lish hamda internetdan to’liq foydalana olishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, unga sms, email jo’natish buyruqlarin ham berish mumkin.U 2014-yildan boshlab sotuvga 1500 aqsh dollari narhida chiqishi kutilmoqda.
GravityLight
Ushbu qurilmaga biron narsani osib qo’yilishi bilan kichkina motor ishga tushadi va elektr toki ishlab chiqarishni boshlaydi. U kam rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa asosiy yoritish vositasi kerosin yoqilg’isi bo’lgan hududlar uchun ishlab chiqilgan.
Oculus
Keyingi yilga sotuvga chiqilishi kutilayotgan ushbu video o’yin uskunasi 3D texnologiyasi tayangan holda geymerga o’zini vidoe o’yin ichida his qilish imkonini beradi.
Socket Energiya Koptogi
Ushbu koptokni energiya manbai desak adashmaymiz. Uni tepish natijasida hosil bo’lgan kinetik enrgiya maxsus mexanizmalr yordamida elektr energiyasiga aylanadi. Masalan, uni 30 minut tepish qo’l telefonini to’liq zaryadlay oladigan 3 soatlik elektr energiyasiga teng bo’ladi.
Manba: cnn.com, time.com