Nyu Yorklik 7 yashar Devon Kerrou o’lim xavfini
tug’diruvchi allergiya kasalligidan aziyat chekadi. Unga allergiyani
qo’zg’atuvchi mahsulotlar iste’mol qilish va allergiyani keltiruvchi hidlarni
hidlash umuman man etiladi. U o’z hayotining ko’p qismini muhofazalangan
muhitda o’tkazishi zarur. Uning ota – onasi esa farzandlarini o’z
tengdoshlaridan orqada qolishini, ushbu kasal uning ta’lim olishiga to’sqinlik
qilmasligini xohlashadi. Shuning uchun ular bola o’rniga maktabga robotni olib
borishga qaror qilishdi.
Endi Devon o’rniga uni o’qituvchilari va
tengdoshlari bilan bog’lab turuvchi robotlashtirilgan qurilma maktabga
qatnaydi. Bunda Devon o’zining xavfsiz yotoqxonasida, maktabidan 5 kilometr
uzoqlikdagi masofada bo’ladi. "VGO – robot” deb ataluvchi ajoyib texnologiya
interaktiv ekranga ega bo’lib, Devon o’zining sinfdoshlari bilan muloqot qilish
imkoniyatiga ega. Robot audio – va visual axborotlarni ikki xil
yo’nalishda uzatib beradi. Devonning ota
– onasi ushbu robotni "VGo Communications” kompaniyasidan 2 ming dollar evaziga
sotib olishgan.