«Barselona» rahbariyati hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Yel Mundo Deportivo xabariga asoalanib, "KUN.UZ" ma'lumot bermoqda.
Uning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida o'z nihoyasiga yetadi. Barselona Messi jamoa bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirishini istamoqda.
Ma'lumot uchun, Messi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 22 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.