Quyida “Barselona” hujumchisi Leonel Messi o'z badanini turli tatuirovkalar bilan bezagani aks etgan suratlar chop etilgan.
Ko'rinishicha, bu Leoning eng birinchi tatuirovkasi bo'lsa kerak. Futbolchi uni chap kuragiga tushirgan, unda uning buvisi tasviri aks etgan. Messini aynan buvisi futbol seksiyasiga olib borgan va futbolchi har gal gol urganda ko'rsatkich barmoqlarini yuqoriga bigiz qilib, aynan buvisiga o'z gollarini bag'ishlaydi.
2013 yilda Lionel o'zining to'ng'ich farzandining tug'ilishini ikkinchi tatu bilan nishonladi. O'yinchining chap oyog'ida kichik qo'lchalar va o'g'lining ismi “Tiago” yozuvi tushirilgan.
Tatu tez orada yana bir necha elementlar bilan boyitildi: qanotlar qo'shildi va Tiago so'zi atrofiga yurak tasviri tushirildi.
2014 yilning dekabrida argentinalikning chap oyog'ida xavflardan ogohlantiruvchi belgilar – to'p, qilich, atirgul va 10 raqami paydo bo'ldi. Dunyo ahli bunday “ijoddan” hafsalasi pir bo'ldi: Messining chap oyog'i bundan chiroyliroq va originalroq tatuga loyiq edi.
2015 yilning fevralida Messining xudojo'yligi sabab uning o'ng yelkasidan "Iso Masihning" surati joy oldi.
Bu yilning mart oyida Messi eng ko'rinarli tatuirovkasini namoyish qildi. Neymar va Martin Palermo kabi futbolchilar mijozi hisoblanadigan Roberto Lopes ismli ispaniyalik tatuirovka ustasi Messining o'ng qo'lidagi tatu (ochilayotgan nilufar gul, kafedral sobor vitraji va soatlari) Barselonadagi Muqaddas oila ibodatxonasiga bag'ishlanganini aytib o'tdi.
Messi jahon futboli osmonida porlagan yorqin yulduz bo'lsa ham, lekin uning o'z badanini bunday tarzda bejab tashashi bizning mentalitetimizga yot narsa bo'lib, o'zini ko'z-ko'z qilishdan bo'lak narsa emas. Nima dedingiz?