Eng yirik aloqa operatori "Beeline" va eng zamonaviy onlayn nashr "Gooper.uz" hamkorlikda "Beeline viktorinasi" tanlovini e'lon qiladi. Tanlov 26 - dekabrdan 9 - fevral, soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun:
1. Gooper.uz saytidan ro'yhatdan o'ting.
2. Beeline haqidagi oson va qiziq savollarga javob bering.
3. Va G'olib bo'ling.
Eng ko'p to'g'ri javob yuborgan 4 ichtirokchi g'olib deb topiladi va ularga quyidagi sovg'alar topshiriladi.
Birinchi o'rin: Samsung Galaxy S5 smartfoni
Ikkinchi o'rin: Beeline 3G USB-modem
Uchinchi o'rin: Beeline G2100 telefoni
To'rtinchi o'rin: ZTE S 305 telefoni
"Beeline viktorinasi" g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi "Gooper.uz"ning tug'ilgan kunida, ya'ni 13 - fevral kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
Tanlovni o'tkazish tartibi:
Har hafta juma kuni soat 20:00 da Gooper.uz saytida "Beeline viktorinasi" savollari e'lon qilinadi. Ishtirokchilar o'z javoblarini sharhlarda qoldiradilar. Kelasi chorshanba kuni ishtirokchilardan javoblar qabul qilish to'xtatiladi va to'g'ri javoblar e'lon qilinadi. Juma kuni esa yangi savollar e'lon qilinadi.
Ishtirokchilar yuborgan javoblar hisoblab boriladi va tanlov so'ngida eng ko'p to'g'ri javob yo'llagan to'rt ishtirokchi "Gooper.uz" nashri va "Beeline" aloqa operatori sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etish shartlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
- Tanlovda ishtirok etish uchun "Beeline" abonenti bo'lish shart emas;
- Tanlov savollariga javob berayotganda, sharhlarda O‘zbekiston qonunlari va odob-ahloq normalariga zid so'zlar ishlatish ta'qiqlanadi. Bunday holat kuzatilganda sharhlar o‘chirib tashlanadi va a’zo tanlovdan chetlatiladi;
- Tanlov ishtirokchisi “Gooper.uz”da o‘z asl ismi va familiyasini ko‘rsatishi shart. Asl ism-familiyasini ko‘rsatmagan ishtirokchilar tanlovdan chetlatiladi;
- Tanlovda bir pasport egasi faqat bitta profil bilan qantashishi mumkin;
- Tanlov g‘olibiga aylangan a’zolar ro'yhatdan o'tish vaqtida ko'rsatilgan telefon raqamlari yoki elektron pochta manzillari orqali ogohlantiriladi. Tanlov taqdirlash marosimida ishtirok etmagan g‘oliblar tanlovdan chetlatiladi;
- Tanlov sovg‘alarining pulli ekvivalenti to‘lanmaydi;
- Tanlovda Tashkilotchi va ularning yaqin qarindoshlari qatnashishi mumkin emas;
- Tanlovda ishtirok etgan a’zo avtomatik tarzda ushbu qoidalarga rozilik bildiradi;
- Yuqoridagi shartlarni bajarmagan ishtirokchilar tanlovdan chetlatiladi.
Diqqat Savollar!!! "Beeline viktorinasi" tanlovining birinchi savollari e'lon qilindi. Savollarga o'tish uchun bu yerga kiring.
Hoziroq Gooper.uz da ro'yhatdan o'ting, "Beeline viktorinasi" ishtirokchisiga aylaning va Galaxy S5 yutib oling. Barchaga omad!