Xo’sh, siz qanday turmush o’rtoq ekanligingizni bilasizmi? Balki siz men hayotimdan mannunman, turmush o’rtog’im ham baxtli deyayotgandirsiz? Shunday bo`lsa-da, o`zingizni bir sinab ko`ring. Har bir ijobiy javob uchun 2 ball qo`shib boring.
Savollar:
1. Xotiningizni (Eringizning) yonida tez-tez uzoq vaqt telefonda gaplashasizmi?
2. Turmushga chiqmagan (uylanmagan ) dugona( o’rtog’ingiz)ngiznikiga mehmonga borishni yoqtirasizmi?
3. Xotiningiz (Eringiz) uning do`st (dugona)lariga boshqacha, muloyimroq muomala qilishingiz haqida e’tiroz bildiradimi?
4. Ba’zan hammaning oldida xotiningizga (eringizga) tanbeh berasizmi?
5. Narsa xarid qilish uchun do`kon-bozorga borsangiz, xotiningizni (eringizni) ham birga borishga majbur qilasizmi?
6. Xotiningizning (Eringizning) maslahatlaridan ko`ra do’st(dugona)laringizning maslahatlariga ko`proq quloq tutasizmi?
7. Xotiningizni (Eringizni) ko`p kuttirasizmi?
8. Dam olish kunlar turmush o’rtog’ingiz oldida ish bilan band bo’lasizmi?
9. Yotoqqa o`zingizga qaramay (soqol olmay )yotasizmi?
Qancha ball to`pladingiz?
0-6: Siz xotin (er)ingizning hoxish-istaklarini yaxshi biluvchi, uni noo`rin bezovta qilmaydigan, ko`ngliga yo`l topa bilgan eng yaxshi juftsiz. Sizning aqlu farosatingiz albatta yuksak baxolanishi kerak.
8-12: Turmush o`rtog`ingizga e’tiborliroq bo’ling. Uning asabiga tegmang. Ijobiy javob bergan bo`limlaringizdagi xatti-harakatlaringizni zudlik bilan qayta ko`rib chiqing.
14-16: Ishingiz chatoq – juftingiz sizdan sovub ketishii ehtimoldan holi emas. Siz "ha” deb javob bergan har bir bo’lim juftingizga juda yomon ta’sir qiladi. O`ylab ko`ring, sizga nima muhimroq, turmush o’rtog’ingiz bilan tinch-totuv hayotmi yoki odatlaringiz?
Xo'sh, sizda natijalar qanday?
Manba:Maslahat.uz