BlackBerry bozordagi o'rnini yo'qotmaslik uchun Android platformasiga o'tishga qaror qildi. Kanada kompaniyasi Google’ga tegishli operativ dasturda ishlaydigan smartfon ishlab chiqaradi. Kompaning moliyaviy hisoboti yomonligi tufayli bunday qarorga kelingan.
Android dasturiy ta'minotiga o'tilishi BlackBerry duch kelayotgan bitta muammoni hal qilishi lozim, bu ham bo'lsa ilovalarning yo'qligidir. Endilikda kompaniya mahsulotlarining muxlislari Android uchun yaratilgan 1 mln ilovadan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Kutilishicha, yangi apparat ulkan tachskrin va jismoniy klaviaturaga ega bo'ladi. BlackBerry bosh ijrochi direktori Jon Chenning bayonotiga ko'ra, apparat Priv nomini olib, bu samaradorlik va shaxsiy hayotga aralashmaslikni nazarda tutadi. Uning The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytishicha, kompaniya Google bilan xavfsizlikning yuqori darajasiga erishish yo'lida hamkorlik qilmoqda.