BMW kompaniyasi McLaren bilan hamkorlikda superkar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Sport avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan muzokaralar yanvarda boshlangan edi. Bu haqda Car nashri yozmoqda.
Agar kelishuv amalga oshsa, aytilgan mashina 2019 yilda sotuvga chiqariladi. Ikki kompaniya bittadan model chiqaradi. Ularni birlashtiruvchi narsa keyingi avlod McLaren 650S monotoki bo'ladi.
BMW superkarlarning kuch qurilmalari ustida ish olib boradi. U modelni 4 l li benzinli V8 dvigateli bilan ta'minlaydi. Agregatning quvvati 750 ot kuchini tashkil qiladi.
Superkar, shuningdek, elektrodvigatelga ega bo'lishi mumkin, bu holda uning kuchiga qisqa vaqt yana 15 kVt yoki 20 ot kuchi qo'shiladi.