GM Uzbekistan mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi vakillari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxlari oshirilishi haqidagi xabarlar asossizligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Avtomobillar narxlari oshadimi yoki yo‘q, bu borada bizda hech qanday ma’lumot yo‘q. Hukumat tomonidan ham bu yuzasidan toshiriq yo‘q. To‘g‘ri, ayrim tarmoqlarda go‘yoki yangi narxlar ko‘rsatilgan ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Eng achinarlisi, bu ma’lumotnomalarda GM Uzbekistan brendi ham noto‘g‘ri yozilgan”, – deydi GM Uzbekistan vakili.
Qayd etilishicha, bungacha GM Uzbekistan korxonasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi 2015-yilning 1-aprelidan oshishi mumkinligi xususida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘lgan va bu haqida suratlar joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan 2015-yil oktabr oyidan boshlab gazda harakatlanadigan avtomobillarni ishlab chiqara boshlashi xabar qilingan edi.