Internetda Nevada shtatining sahrosidagi mashhur 51 zona”dan uncha uzoq bo'lmagan joyda joylashgan Zona 6” obektining suratlari paydo bo'la boshladi. Suratlarni Google Yearth xizmatining aviabazasi chop etdi, deya xabar beradi The Daily Mail, deb yozadi "KUN.UZ".
U yerda 5 ming fut (taxminan 1,5 kilometr) uzunlikdagi uchib-qo'nuvchi tasma, katta angar va bir necha binolar aniq tasvirlangan.
“Zona 6” deb nomlanuvchi obekt 1945 yildan 1992 yilgacha yerosti yadro sinovi poligonlarida xizmat qilgan. Hozirda esa uchuvchisiz parvoz etuvchi apparatlarni testdan o'tkazishda foydalaniladi. AQSh Yadro havfsizligi bo'yicha milliy boshqarmasi so'zlariga ko'ra, u yerda boshqa yadro sinovlari o'tkazilmaydi.
“Zona 6” XX asrning 50 yillarida qurilgan bo'lib, robotning qiymati deyarli 10 million dollarni tashkil etadi. Yangi uchib-qo'nuvchi tasma 2005 yilda paydo bo'ldi.
2015 yilning oktyabrida Pentagonning mudofaa maqsadida qilinuvchi istiqbolli tadqiqotlar agentligi g'oyib bo'luvchi” uchuvchisiz parvoz etuvchi apparatning qayta ishlab chiqilayotgani haqida xabar bergan edi. Dronlar xodimlarga kerakli uskunalarni yetkazib berganidan so'ng, o'z-o'zini yo'q qilishda ishlatilishi rejalashtirilgan.