Hindistonning shimolida joylashgan Uttar-pradesh shtatidagi qishloqlardan birida 18 yoshga to`lmagan qizlarga uyali telefonlardan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabariga asoslanib "Darakchi" ma'lumot berdi.
Mahalliy hukumat vakillarining so`zlariga ko`ra,uyali telefonlar qizlarni “ahloqsizlikka o`rgatadi”. Taqiq buzilgan taqdirda qizlar oila a`zolari bilan birgalikda sakkiz kun mobaynida qishloq ko`chalarini supurishga majbur qilinadi.
Bundan tashqari, mahalliy kengash alkogol ichimliklarini sotish va iste`mol qilishni ham taqiqlagan.