Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Hindiston smartfonlar bozorida birinchi marta mahalliy Micromax kompaniyasidan ortda qoldi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”. 2014-yilning to‘rtinchi choragida Micromax o‘tgan chorakdagidan 600 mingtaga ko‘proq smartfon sotib, bozorning birinchi raqamli ishtirokchisiga aylandi.
Canalys tahlil agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yilning so‘nggi choragida Micromax 4,6 millionta, Samsung esa 4,4 millionta smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan.
Micromax’ning muvaffaqiyatiga uning to‘g‘ri narx siyosati sabab bo‘ldi. Bunda kompaniya mahalliy aholining nisbatan past daromadlarini hisobga oladi.