Internetda bo'lajak Galaxy S7 smartfonining ehtimoliy sensor paneli fotosuratlari paydo bo'ldi. Diqqat bilan e'tibor berib qaraladigan bo'lsa, old kamera sensorga yaqin joyda joylashtirilganiga guvohbo'lish mumkin. Bundan tashqari, “uy tugmasi”ining shakli o'zgarganini ham payqasa bo'ladi. U ingichka va uzunroq shaklga ega bo'lgan. Shuningdek, chetlardagi ramkalar ham ko'rinmaydi.
Boshqa bir manba esa Galaxy S7 Series modellari haqida boshqa bir ma'lumot taqdim etdi. Kompaniya Galaxy S7 standart versiyasidan tashqari Galaxy S7 Plus, Galaxy S7 Edge va Galaxy S7 Edge+ modellarini ham chiqarishni rejalashtirgan. Tasdiqlashlaricha, Galaxy S7 Plus 5,5-dyuymli displeyga ega bo'ladi. Qolgan modellarda esa 5,2-dyuymli ekran bo'ladi.
Samsung ushbu yangiliklarini fevralda bo'lib o'tadigan MWC 2016 ko'rgazmasida taqdim etishni rejalashtirgan.