Tiwtterda HiddenCash (Yashiringan pul) nomi ostida noma’lum millioner AQShning Kaliforniya shtatida “hazina ovi” o’yinini o’tkazmoqda .
U San Fransisko shahrida biron joyda pul solingan konvertni tashlab qo’yadi hamda twitterda pul yashirilgan joyga ishoralar beradi.
Ushbu ishoralar orqali kim birinchi bo’lib konvertni topsa, pulga egalik qilishi mumkin.
Bu o’yinning asosiy sharti esa topilgan pul bilan suratga tushib, @HiddenCash ni eslatgan holda twitterda e’lon qilish kerak bo’ladi.
Twitterda joriy yilning 23 may kuni ochilgan HiddenCash akkaunti qisqa vaqtda 330 ming muxlisga ega bo’ldi. Ushbu sirli millionerning kimligi noma’lumligicha qolmoqda.
Uning ta’kidlashicha, u bu ishlarni hech qanday hayriya, siyosiy yoki diniy maqsadda emas, shunchaki atrofidagi odamlar yuziga tabassum va qalblariga hayajon tuyg’usini qaytarish uchun qilayapti.
28 may kuni San Jose shahriga o’tgan bu o’yin yaqin orada Nyu Yorkda ham boshlanishi mumkinligi aytilmoqda.
manba: mirror.co.uk