Haydovchi ishtirokisiz harakatlana oladigan avtomobillar butun dunyo bo'ylab tarqalmoqda. Bular qatoriga tez orada Rossiyaning KAMAZ kompaniyasining og'ir yuk mashinasi ham qo'shiladi .
“Rossiyskaya Gazeta” bergan xabarga ko'ra, haydovchi ishtirokisiz harakatlana oladigan KAMAZ avtomobili 2020 yilda taqdim etiladi. Loyihani amalga oshirish uchun Rossiya Fan va ta'lim vazirligi tomonidan 300 mln rubl mablag' ajratilgan. Bundan tashqari, KAMAZ kompaniyasi ham loyihaga 90 mln rubl qo'shadi. Avtomobil Cognitive Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratiladi.
Taxminlarga ko'ra, avtomobil atrofni tahlil qilish uchun videokameralardan foydalanadi. Sistema yo'l belgilari, svetofor ranglarini, boshqa avtomobillar hamda piyodalar aniqlash uchun 0,3 soniyadan ortiq bo'lmagan vaqt sarflaydi.