Xitoyning Kunshan shahrida istiqomat qiluvchi shaxsni piyodalar o‘tish joyida avtomobil urib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avtohalokatga uchragan xitoylik yerga yiqilishi bilan uni ikkinchi avtomobil urib o‘tdi. Jabrlanuvchiga yordam berishga urinishganida, to‘xtayotgan avtomashinalardan biri ham xitoylikni urib yubordi.
Qayd etilishicha, jabrlanuvchining bir necha joyi singan.