Barselona hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 27-turida Rayo Valekanoga qarshi bahsda (5:1) uchta gol urdi, deb yozadi "Championat.asia".

Argentina terma jamoasi hujumchisi Real vakili Krishtianu Ronalduning natijasini takrorladi. Endi ikkala futbolchi hisobida 35tadan xet-trik mavjud.
Bu mavsumda Messi Ispaniya chempionati 22ta o'yinida 19ta gol urdi va 8ta golli pas oshirdi.