O'zbek estrada olamida o'z uslubi, yo'nalishi, ovozi va o'ziga xos xarakteri bilan ajralib turuvchi Munisa Rizaeva doim turli shov-shuvlar markazida yuradi. Biroq hozircha xonanda tomonlarda ancha sokinlik, deb yozadi "KUN.UZ".
Ayni paytda qizg'in ijod bilan band bo'lgan Munisa Rizaeva Bekajon gazetasiga bergan intervyusida ijod, hayot, bugungi ishlari va ertangi rejalari haqida gapirdi.
Jurnalistning xonanda ma'murlarining keyingi paytda tez-tez o'zgarayotgani haqidagi savoliga Negadir oxirgi paytlarda talabimga javob beradigan insonni topa olmayapman, shu sababli ma'murlar bilan hamkorligimiz uzoqqa bormayapti. Men juda talabchanman”, deya javob qaytargan. Shuningdek, u suhbat davomida eng katta orzusi ona bo'lish ekanini ham ta'kidlagan.
Ma'lum qilishicha, Munisa Rizaevaga 15 yoshidayoq sovchi kelgan. Tabiiyki, ota-onasi rozi bo'lmagan. Hozir esa turmush o'rtoq tanlash juda qiyin bo'layotganini aytgan.
“Eng yaqin do'stingiz kim”, degan savolga Eng yaqinim—onam”, deya javob qaytargan.