Turmush tarzimizga yangilik va yengillik olib kirgan kashfiyotlar juda ko‘p. Asosiysi, ularning bari inson uchun xizmat qiladi. Oddiy, biroq foydali kashfiyotlarsiz hayotimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Quyida ana shunday kashfiyotlarning bir nechtasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.
G‘ildirak
Miloddan avvalgi 35 asrda Shumerlar piktogrammasida, birinchi marta arava ko‘rinishidagi narsa: g‘ildirakli chana tasvirlangan. O‘sha paytdagi g‘ildiraklar, butun disk ko‘rinishida yog‘ochdan qirqilgan. Keyinchalik birinchi g‘ildiraklar, Kichik Osiyo (Osiyoning eng g‘arbiy yarim oroli, hozirda Turkiyaga tegishli) yarim orolida, eramizga qadar XX asrda yasalgan va huddi shu asrning o‘zida Yevropa, Xitoy va Hindistongacha borgan. Bunday g‘ildiraklar, faqat kishilarni tashib yuruvchi aravalarda qo‘llanilgan, lekin Misrda ulardan yuk tashish uchun ham foydalana boshlangan. G‘ildiraklar va har qanday aravalar Qadimgi Yunonistonda, keyin esa, Rimda ham keng tarqalgan.
Konfetlar uchun o‘ram
Buyuk kashfiyotchi Tomas Alve Edison to‘g‘risida gap borganda, uning kamida 5 mashhur ixtirolari esga keladi: fonograf, yozuv mashinkasi, birja telegrafi, o‘zgaruvchan tok generatori va albatta, lampochka. Oxirgisini, aslida, rus olimi Aleksandr Lodigin patentlagan, Edison, esa uning takomillashishi bilan shug‘ullangan.
Edison loyihasi bo‘yicha, 1882-yilda Nyu-Yorkda dunyoda birinchi doimiy tok elektrostansiyasi qurilgan. U diktofon prototipi bo‘lib qolgan, telefon suhbatlarini yozib oluvchi asbobni o‘ylab topdi, temir-nikel akkumulyator tuzilmasini va yana ko‘p narsalarni ishlab chiqdi (hammasi bo‘lib 1000 patent). Bularning orasida, 1872-yilda Edison, konfetlar uchun qog‘oz o‘rami bo‘lib xizmat qilgan, parafinlangan qog‘ozni o‘ylab topdi. Agar u bo‘lmaganida, hozir shirinliklarni qanday saqlagan bo‘lar edik?
Gigiyenik qog‘oz
1857-yilga kelib, nyu-yorklik Djozef Gayetti, qog‘ozni bir xildagi bo‘laklarga qirqib, pachkalarga o‘rashni o‘ylab topdi. U o‘z kashfiyotidan shunchalik fahrlanganki, hattoki har bir o‘ramdagi qog‘jzga o‘z ismini yozib chiqqan. Bunday qog‘ozlarni bir rulonga o‘rab sotishni kim ixtiro qilinganligi noma’lum, biroq, bunday rulonlarni ilk bor 1890-yilda «Scott Paper» fabrikasi ishlab chiqara boshlagan.
Yelkali veshalka
Bunga ishonish qiyin bo‘lsa ham, kiyim uchun ilgak ixtirosi uchun patent, faqatgina 1869-yilga kelib, O.A.Norton ismli kimsaga berildi. Bundan oldin, kishilar o‘z kiyimini qayerga ilganlari noma’lum. 1903-yilga kelibgina sim zavodi ishchisi Albert Parkxaus, palto ilishga joy yetmagan ishchilarning doimiy shikoyatlariga javoban, yelkali ilgakni kashf qildi.
Simdan, u bir-biriga qarama qarshi tomonda bo‘lgan, orada bir oz masofada simdan ikki oval yasadi, ularning uchlarini esa, ilgak yordamida birlashtirdi. Ho‘l kiyim, osilib, g‘ijimlanmasligi uchun, 1932-yilda ushbu ovallar karton yordamida birlashtirilgan. Uch yildan so‘ng esa, barcha zamonaviy ilgaklarning proobrazi bo‘lgan, quyi plankali veshalkalar kashf qilindi.
Qoshiq va vilka
Qadimgi rimliklar va yunonliklar, go‘zalliklar to‘g‘risida suhbat qurib, qo‘llari bilan ovqat eyishgan. Rimlik shoir Ovidiy, ularni barmoqlar uchida yeyishga va ovqatdan so‘ng, ularni nonga artishni o‘rgatgan. Keyinchalik, Yunonistonda, qo‘lga qattiq uchli maxsus qo‘lqoplar kiyilgan. Qoshiqlarning ilk proobrazlari, eramizdan 3000 yil avval yaratilgan.
Ular loydan yoki hayvonlar suyak va shohlaridan yasalgan, shuningek, dengiz chig‘anoqlari, baliq suyak va boshlari hamda yog‘ochdan ham yasalgan. Dunyodagi eng birinchi kumush qoshiqlari, 998-yilda Rusda yasalgan. U paytdagi qoshiqlar kalta ruchkali bo‘lib, mushtakda ushlanardi.
Zamonaviy vilkaga o‘xshagan, lekin 5 yoki undan ko‘p tishli narsa, Osiyoda 10 asrda paydo bo‘lgan. 100 yildan keyin, ushbu kashfiyot Ovropagacha ham yetib keldi, lekin faqatgina 16 asrga kelib, u keng tarqala boshlagan: ovqatni isitilgan o‘tkir bigiz, 2 tishli vilkaga almashtirilgan. 18 asr oxiriga kelib, Ovropaning deyarli barcha mamlakatlarida, o‘tkir uchli pichoq o‘rniga, yumaloq tig‘li pichoq keldi. Pichoq uchiga ovqatni sanchishning ehtiyoji qolmagan edi, chunki pichoqning bunday vazifasini endi vilka bajarar edi.
Tugmacha
Qadimda, kishilar, o‘zi kiyim bo‘laklarini o‘simliklar tikanaklari, hayvonlar suyaklari yoki tayoqlar yordamida birlashtirishgan. Qadimgi Misrda to‘kalardan foydalanilgan, yoki kiyimning bir qismi, boshqa bo‘lakda qilingan teshigiga kirgizilgan, yoki bo‘laklar uchlari shunchaki bir-biriga bog‘langan.
Tugmachani aynan kim ixtiro qilgani noma’lum: ba’zi olimlar bu yunonlar yoki rimliklar, boshqalari – tugmacha Osiyodan kelgan deb aytadilar. Ular ko‘pincha fil suyaklaridan yasalgan. Tugmachalar 13 asrga kelib keng tarqalgan. Va deyarli 18 asrgacha, boylik va aslzodalar nasabidan kelib chiqqanlik belgisi edi: qirollar va zodagonlar, o‘zlariga tilla va kumush tugmachalarni yasattirishgan.18 asr boshlarida, tugmachalar metall va misdan yasala boshlangan, va deyarli 19 asrgacha, tugmachalar shunchalik qimmat mahsulot ediki, ular kiyimdan kiymiga tikilardi.
Skrepka
Qog‘oz varoqlari 13 asrda birlashtirila boshlangan: har bir varoqning yuqori chap burchagida kesik qilinib, ulardan lentachalar o‘tkazilib boylangan. Keyinchalik tasma mumga ishqalangan, bu birinchidan tasmani mustahkamlaydi, ikkinchidan, kerakli varoqlarni olishni va kirgizishni yengillashtirardi.
1835-yilda Nyu-Yorklik vrach Djon Ayrlend Xoui to‘g‘nag‘ichlarni ishlab chiqaruvchi mashinani kashf qildi. To‘g‘nag‘ichlar, tabiiyki, tikuvchilar uchun yaratilgan, lekin ular varoqlarni birlashtirishda ham keng qo‘llanilgan. Qayiltirilgan sim bo‘lagi bilan qog‘ozlarni birlashtirishni birinchi bo‘lib, norvegiyalik ixtirochi Yoxan Vaaler 1899-yilda o‘ylab topdi, biroq u hozirgi zamon skrepkasiga o‘xshamas edi. Bugungi kundagi skrepkaning ilk ko‘rinishini «Gem Manufacturing Ltd» ingliz kompaniyasida ixtiro qilishgan, biroq negadir uni hech kim patentlamagan.
Taroq
Yer sayyorasining aholisi foydalangan eng qadimgi taroqlar, baliq suyaklari deb aytish mumkin. Birinchi taroq qayerda va qachon kash etilganligi noma’lum, lekin dastlabki taroqlardan biri Qadimgi Rim hududida topilgan. U hayvonning katta suyagidan yasalgan bo‘lib, bir-biridan 0.2 sm masofada joylashgan tishlari va ruchkasi qo‘l bilan o‘yib chiqilgan. Keyinchalik taroqlar yog‘ochdan, marjondan, fil suyaklaridan, toshbaqa kosasidan va turli hayvonlarning shoxlaridan ham yasala boshlagan. Taroqlar uchun ushbu ashyolar, deyarli 19 asr o‘rtalarigacha ishlatilgan.
1869-yilda Isayya va Djon Xayat aka-ukalari, taroqlar ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirgansselluloydni kashf qildilar. Fillar va toshbaqalar qirib tashlashdan ozod bo‘ldilar, odamlar esa, tashqi ko‘rinishi marjonga ham, fil suyaklariga ham, toshbaqa kosasiga ham o‘xshab ketadigan, arzonroq taroq sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Gugurt
Gugurt paydo bo‘lgunga qadar, inson olov yoqish uchun nima qilmagan?! Yog‘och sirtlarini bir-biriga ishqalagan, kremniy orqali uchqun keltirishga, oyna orqali quyosh nurini tutib olishga harakat qilishgan. Faqatgina 18 asr oxirlariga kelib, yashash ancha osonroq bo‘ldi. Fransiyalik kimyogar Klod Bertolle, keyinchalik bertolet tuzi deb atala boshlangan, tajribaviy yo‘l bilan modda ishlab chiqargan. Shunday qilib, 1805-yilda "makanka” gugurtlari paydo bo‘ldi – quyuq sulfat kislataga botirilganidan so‘ng yonadigan, bertolet tuzi bilan moylangan ingichka cho‘pchalar. Birinchi "quruq” gugurtlarni ingliz kimyogar va aptekar Djon Uoker ixtiro qilgan. Biroq Uoker gugurtlarning hidi nihoyatda badbo‘y edi. 1830-yilda 19 yoshli fransiyalik kimyogar Sharl Soriya bertolet tuzi, fosfor va elim qorishmasidan tashkil topgan, fosfor gugrtlarini kashf qildi. Ular qattiq sirtga, masalan etik tagligiga ishqalanganida tezda o‘t olgan. Soria gugurtlari hidsiz bo‘lib, biroq oq fosfor zaharli modda bo‘lgani uchun, sog‘liqqa zarar keltirar edi. 1855 yilda kimyogar Yoxan Lundstrom, qizil ba’zilarda, oqdan ham yaxshiroq bo‘lishini hayoliga keltirdi. Shved, katta bo‘lmagan qutisining tashqarisidagi jilvirli qog‘ozga qizil fosforni surtib, huddi shu fosforni gugurt uchidagi qorishmaga qo‘shdi. Shunday qilib, ular sog‘liqqa zarar etkazmaydigan va oldindan tayyorlangan sirtga ishqalanganida, tez o‘t oladigan gugurt paydo bo‘ldi. Va nihoyat, 1889-yilga kelib, Djoshuyu Pyusi gugurt qutisini ixtiro qilgan, lekin bu ixtironing patenti, huddi shunday, biroq yonuvchan sirti tashqarida bo‘lgan (Pyusida u sirt qutining ichida edi) qutini o‘ylab topgan amerikalik kompaniyasi "Diamond Match Company”ga berilgan.
Tish cho‘tkasi
Og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenasi to‘g‘risida miloddan avvalgi 3 ming yil ilgari qadimgi misrliklar tashvishlanganlar: ularning sarkofaglarida, tish cho‘tkalarining proobrazlari topilgan, ular asosan uchlari yoyilgan daraxtlardan yasalgan. Biroq zamonaviy ko‘rinishidagi tish cho‘tkasining ixtirochisi ilk chyotkani 1498-yilda yasagan Xitoy imperatori hisoblanadi.
Xitoy tish chyotkalarining qilli qismi, Sibirning yovvoyi cho‘chqasining yag‘rinidagi yolidan qilingan, ushlaydigan joyi esa, yo yog‘ochdan, yo hayvon suyagidan yasalgan. Bu kashfiyot 17 asrda, tishlar yuvilmagan bir paytda, Yevropagacha yetib borganida, qattiq yovvoyi cho‘chqaning juni, yumshoqroq ot yoliga almashtirilgan. Bu davrgacha, ozoda yevropaliklar, tishlarini g‘oz parlaridan yasalgan tish-kovlagichlari bilan, boylar esa, po‘lat yoki kumushdan yasalgan tish kovlagichlar bilan tozalashgan yoki shunchaki lattacha bilan artishgan. Hayvonlarning juni va yoli deyarli 20 asrgacha qo‘llanilgan. 1937-yilda neylon ixtiro qilingan, 1938-yildan boshlab esa, cho‘tkaning qillarini aynan undan qilinishi boshlandi. Lekin hayvon junidan qilingan tish chyotkalari xali xamon omma orasida keng tarqalgan edi, chunki ular, sun’iy cho‘tkaga nisbatan yumshoqroq bo‘lib, milklarni og‘ritmagan. Tish cho‘tkalarining neylon qili faqatgina 1950-yilga kelibgina yumshoqroq qilib ishlana boshlangan.
Manba: zamondosh.uz, listverse.com, wikipedia.org