Peugeot kompaniyasi uch yil ichida ikki yangi model elektrokar va quvvat oluvchi gibrid ishlab chiqaradi. Bu haqda kompaniya yangi mahsulotlarini chiqarishni rejalashtirish va korporativ strtegiya bo'lim rahbari Jerom Mishero aytib o'tgan, deb yozadi "KUN.UZ".
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, elektrokar YeMP2 platformasi bazasida yasaladi. Gibridli ikkinchi model esa 1,2 litrli benzin motor asosida tiklanadi. Misheroning so'zlariga ko'ra, gibrid bir quvvat olganda 50 km masofagacha bemalol yura oladi.
“Pejo”ning eng so'nggi elektr prototipi Fractal bo'lib, u ikkita 102 quvvatli elektromotor va litiy batareyalari bilan ta'minlangan edi. Avtomobil yuz kilometrli tezlikka 6,8 soniya ichida chiqadi.